The description of Umar Xayyom Ruboiylari 11
Umar Xayyom Ruboiylari 11 - com.umarxayyom.ruboiylar, Created by in Books & Reference category.Avval tafakkurda tug‘ilib, keyin qalb qo‘riga yo‘g‘rilgan Umar Xayyom ruboiylari, bir so‘z bilan aytganda, Olam va Odam haqida.
Shoir dunyo evrilishlariga donishmandona bosiqlik, taassuf aralash loqaydlik bilan qaraydi: dunyoni o‘zgartirishki qo‘lingdan kelmas ekan, uni deb qayg‘urish behuda. Uning uchun tug‘ilish va o‘lim, yaxshilik va yomonlik, halol va harom — bir xil: hammasi o‘z tabiiy qonuniyatiga asoslanadi.
Dunyoviy falsafa vakili sifatida Xayyom dunyoni aql elagida elaydi — Olam va Odam muammosini umumfalsafa mezoni bilan o‘lchaydi.
Shu ma’noda, Xayyom ijodida biz odamdan ham, olamdan ham ustun turadigan — dunyoni qamrab oladigan shafqatsiz falsafaga duch kelamiz.
Lekin farang faylasufi Laroshfuko: «Falsafa o‘tmish va kelajak kulfatlari ustidan tantana qiladi, lekin bugunning qayg‘usi falsafa ustidan tantana qiladi», — degani kabi Umar Xayyom ruboiylari ham buyuk mutafakkirning falsafiy mezonlariga bo‘ysunmagan, ularni yorib chiqqan zalvorli fikrlar po‘rtanasi, beorom qalbiga sig‘magan otashin tuyg‘ular silsilasidir.
Ilova haqidagi fikr va mulohazalaringizni yozib qoldirishni unutmang!